Zidanning o'g'li "Inter Mayami"ga yo'l olishi mumkin

Alisher
2 apr 2021, 17:16
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning o'g'li, yarim himoyachi Enco Zidan faoliyatini AQSHda davom ettirishi mumkin.

26 yoshli xavbekning xizmatlariga "Inter Mayami" klubi qiziqish bildirmoqda. Enco ayni damda Amerika klubi ko'rigida.

O'yinchining so'nggi klubi "Almeriya" bo'lgandi. U bu jamoada atigi 1ta o'yin o'tkazdi va o'tgan yilning oktyabr oyi boshida klubni tark etdi.

Eslatib o'tamiz, Enco "qirollik klubi" tarbiyalanuvchisidir. U "Alaves", "Lozanna", "Rayo Maxadaonda" va "Avesh" klublari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN