Zidanning to'ng'ich o'g'li Bundesliganing 2-divizioniga yo'l oladi

7 noya 2020, 22:42
Enco Zidan faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

"Goal.com" xabariga ko'ra, fransiyalik yarim himoyachiga Bundesliganing 2-divizioni vakili "Ercgebirge" klubi qiziqish bildirmoqda. 25 yoshli Enco allaqachon nemis klubi mutasaddilari bilan telefon orqali aloqaga kirishgan.

Afsonaviy Zinedin Zidanning to'ng'ich o'g'li oktyabr oyida "Almeriya"ni tark etganidan buyon erkin agent bo'lib turibdi. "Transfermarkt" portaliga ko'ra, Enconing ayni paytdagi transfer bahosi 500 ming evro hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com