Zinchenkoning ajoyib seriyasi yakuniga etdi

Mirjalol Normatov
18 avg 2019, 12:27
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko APLning 2-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi.

Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovor durang bilan yakunlandi.

Shu orqali 22 yoshli futbolchining APL doirasidagi g'alabali seriyasi yakunlandi. Bunga qadar u APLda o'yinga tushgan bahslarining barchasida g'alabaga erishgandi.

Endi Zinchenkoning mag'lubiyatsiz o'yinlari soni 24taga (23 g'alaba, 1 durang) etdi va u bu seriyani ko'paytirishga harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal