Zinchenko bolalikda qaysi jamoada o'ynashni orzu qilganini aytdi

Mirjalol Normatov
5 dek 2019, 19:41
Ukrainalik futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning muxlisi bo'lgan.

"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko bolaligida qaysi jamoada o'ynashni istagani borasida gapirdi.

"Bolaligimda "Barselona" tarkibida o'ynashni istaganman, biroq hozirda dunyoning eng yaxshi jamoalaridan birida o'ynayapman. Bu yerdan ketishni istamayman.

Rostdan ham hozirda juda baxtliman. Dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan birga mashg'ulot qilyapman va o'yinlarda qatnashyapman", - dedi Zinchenko.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal