Zidanning atrofidagilar uning “Real”da qolishiga ishonishmoqda

23 may 2021, 08:56
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidanning qirollik klubidagi taqdiri mavhumligicha qolmoqda.

DirectoGol nashrining yozishicha, Zidan yaqinlarining fikricha, murabbiy keyingi mavsumda ham “Real”ni boshqarishda davom etadi.

La Liga 38-turida “Vilyarreal”ga qarshi bellashuvdan keyingi matbuot anjumani fransiyalik murabbiyi jurnalistlarning jamoada qolishi yoki qolmasligi haqidagi savollariga aniq javob bermadi.

“Rahbariyat bilan bu masalani muhokama qilamiz. Nima bo'lishini yaqin kelajakda ko'ramiz”, deya savollarga umumiy javob bergan Zinedin Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: DirectoGol