Zidandan so'ng "Real"ning yangi bosh murabbiyi nemis bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 fev 2018, 16:52
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov o'z ish uslubi bilan "Real" prezidenti Florentino Peresda yaxshi taassurot qoldirdi.

"Real" joriy mavsum muvaffaqiyatsiz o'yin ko'rsatmoqda, ular kurasha oladigan yagona turnir Chempionlar ligasi qoldi. LaLiga va Ispaniya Kubogida "Qirollik klubi" kurashdan chiqib ketdi. Lyov uslubining muxlisi bo'lgan klub prezidenti Zidan haydalsa jamoaga nemis mutaxassisini olib kelmoqchi.

Peres Lyovdan tashqari Massimiliano Allegri, Maurisio Pochettino, Yurgen Klopp, Mauricio Sarri xizmatlariga murojaat qilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo