Zidan: "Reja qilganimizga yetishishimiz uchun hech qim halaqit bermaydi"

31 iyul 2019, 01:10
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Audi Cup turnirida "Tottenxem"ga qarshi o'yindan (0:1) so'ng fikr bildirdi.

"Bugun yaxshiroq o'yin namoyish etdik. Har kuni mukammal bo'lib borishimiz lozim. Mag'lubiyatdan quvona olmaymiz, lekin barcha jihatlar bo'yicha o'sishga erishdik. Ijobiy kayfiyatni saqlab qolish kerak. Men har doim ijobiy fikrlayman. Reja qilganimizga yetishishimiz uchun hech qim halaqit bermaydi. Jamoamni bilaman. Hozircha tayyor emasmiz", - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: as.com