Zidan "Real"ni tark etishni istayotgan futbolchi so'zlari haqida fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
30 mar 2018, 17:31
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Isko fikriga izoh berdi.

Oldinroq, futbolchi "Qirollik klubi" asosiy tarkibidan joy olish uchun nima qilish kerakligini bilmasligini aytdi.

"Men unga adolatsizlik qilayotganim yo'q. Isko bu so'zlari bilan boshqa narsa demoqchi bo'lgan, u baxtli. Balki futbolchi bu yerda Ispaniya terma jamoasidagi rolini ijro etmayotgandir, biroq men unga jamoaning muhim futbolchilaridan biri ekanligini aytib kelaman. Doimo futbolchilardan kimnidir zaxirada qoldirishga to'g'ri keladi. Iskoning Argentinaga qarshi o'yinini ko'rdim, ko'nglim to'q" - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS