Zidan “Manchester Yunayted”ga javobini aytdi

Khoja
2 mar 2024
“Real Madrid” sobiq ustozi Zinedin Zidanga “Manchester Yunayted”da ishlash qiziq emas.

Zidan “qizil iblislar”dan tushadigan taklifni qabul qilmaydi. Bu haqida RMS Sport ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Zidan 2016-2018 va 2019-2021 yillarda “Real Madrid”da ishladi. Madridliklar Zidan qo'l ostida ikki martdan Ispaniya chempioni, Ispaniya Superkubogida g'alaba qozondi. Shuningdek, jamoa uch marta ketma-ket ECHLda zafar quchgan.

Avvalroq, Zidanga “Yuventus”, “Bavariya”, Jazoir terma jamoalaridan taklif bo'lgani haqida xabarlar tarqalgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com