Zidan kelganidan so'ng barcha “Real”da o'ynashni orzu qiladi

Aslanov Jasurbek
20 mar 2019, 22:59
“Manchester Yunayted” yarimhimoyachisi Pol Pogba “Real”ga qaytgan fransiyalik mutaxassis haqida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Men doim “Real”da o'ynash har qanday futbolchining orzusi deb aytganman. Bu klub dunyodagi eng buyuklaridan biridir. Shunday jamoani Zidan boshqarar ekan, demak, futbolga befarq bo'lmagan barcha u bilan ishlashni niyat qiladi. Hozirda men MYU a'zosi hisoblanaman. Biroq, kelajakda nima bo'lishini hech kim bilmaydi.”, - deya Pogbaning so'zlarini keltiradi Goal.

Avvalroq, Pogba mavsum yakunlanganidan so'ng “qizil iblislar”ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi. Bunga sabab klubning sobiq ustozi Joze Mourinyo bilan fransiyadik futbolchi o'rtasidagi nizolar edi. Biroq, “Manchester Yunayted”ning yangi ustozi Ole-Gunnar Sulsher 26 yoshli xavbekni jamoada olib qolishni xohlashini bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: goal.com