

"Marca" xabariga ko'ra, "Real" yarim himoyachisi Isko yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini tark etmaydi. Klub bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchining transferiga qattiq qarshilik qilmoqda va u kelasi mavsumda jamoaning asosiy futbolchisi bo'lishini aytgan. Iskoga "Manchester Siti" ancha vaqtdan buyon qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" ham vaziyatni kuzatib yuribdi.
Ushbu mavsumda Isko LaLiganing 23 o'yinida 1 gol va 3 assist qayd etdi.



