Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan "matraschilar" haqida fikr bildirdi:
"Bizni yaxshi o'yin kutmoqda, chunki bu derbi. Biz uchun navbatdagi final bo'ladi. "Atletiko" - chempionat favoriti, ular buni o'z o'yinlari bilan isbotlashmoqda. Raqibning kuchli tomonlarini bilamiz".