Jurnalist: "Agar "Real" sovrin yutmasa, Peres Anchelottini haydab yuboradi"

Aslanov Jasurbek
10 fev 2015, 15:40
"Agar "Real" mavsum yakuniga ko'ra sovrinlar qo'lga kirita olmasa, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottini iste'foga chiqaradi.

Bu haqda ispaniyalik mashhur jurnalist Eduardo Inda ma'lum qildi.

"Peres xotirjam. Men uni hech qachon bunday xotirjam ko'rmaganman. Agar Anchelotti sovrin yutmasa, u murabbiyni haydab yuboradi" - deydi Inda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com