Jeparov to'liq o'ynadi, "Seongnam"da durang

Narzulla Saydullayev
31 avg 2014, 10:51
Janubiy Koreya K-ligasida 23-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan "Seongnam" klubi safarda "Gvangju Sangmu"ga qarshi maydonga tushib 1:1 hisobida durang o'ynadi. Jeparov to'liq o'ynadi.

23 turdan so'ng 20 ochko to'plagan "Seongnam" musobaqa jadvalining 10-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 6 sentyabr kuni "Inchxon Yunayted"ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.

Janubiy Koreya chempionati
"Gvangju Sangmu" - "Seongnam" 1:1
Gollar:
Li Kun Xo 14 - Pak Jin Po 57

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia