Jeparov to'liq o'ynadi, "Seongnam"da durang

Narzulla Saydullayev
3 avg 2014, 11:08
Janubiy Koreya K-ligasida 18-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan "Seongnam" klubi safarda "Gvangju Sangmu"ga qarshi maydonga tushib 1:1 hisobida durang o'ynadi. So'nggi o'yinlarda bo'lgani kabi Jeparov to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

18 turdan so'ng 18 ochko to'plagan "Seongnam" musobaqa jadvalining 8-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 6 avgust kuni "Poxang Stilerz"ga qarshi safarda o'tkazadi.

Janubiy Koreya chempionati
"Gvangju Sangmu" - "Seongnam" 1:1
Gollar:
Jong Xvan Baek 57 - Kim Tae Xvan 6

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia