Jennaro Gattuzo: "Qachonlardir "Milan"ni boshqaraman"

Aziz Tukhtamuradov
17 mar 2015, 20:09
"Milan"ning sobiq futbolchisi Jennaro Gattuzo qachonlardir milanliklarni boshqarishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.
"Vaqti kelganligi sababli "Milan"ni tark etdim. Ammo, u mening qalbimda qoladi. Bu yerda 14 yil o'ynadim. Shu sababli, murabbiy va prezidentning nima his qilayotganini tushunib turibman.

Umid qilamanki, qachonlardir jamoani boshqaraman. Ammo, bunga hali ancha bor", - deydi Gattuzo.

Aziz TukhtamuradovMuallif