
Mazkur yig'inda tarkibga Yannis Manzukas, ukrainalik Sergey Dacenko va Viktor Raskov qo'shilishganini xabar qilgandik. Kuni kecha jamoamiz safiga o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi Javlon Mirabdullaev ham qo'shildi. Bu futbolchi “Bunyodkor” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Ayni paytda “Bunyodkor”da raqobat yuqori, lekin Mirabdullaevni ham asosiy tarkibda o'ynash payti kelmoqda. Shu bois bu yosh himoyachi joriy mavsumni ijara asosida “Andijon”da o'tkazishi mumkin.
Bundan avvalgi yig'inlarda ishtirok etgan Alisher Azizov va Azamat Abdullaev yana tarkibga qaytib jamoa bilan shug'ullanishni boshlashdi.
Bundan avvalgi yig'inlarda ishtirok etgan Alisher Azizov va Azamat Abdullaev yana tarkibga qaytib jamoa bilan shug'ullanishni boshlashdi.