

Sankt-Peterburg klubi futbolchilari ushbu uchrashuvda 6ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi, rostovliklar esa bitta gol bilan javob qaytarishdi.
"Gazprom Arena"dagi bahsni tomosha qilish uchun stadionga 58 639 nafar muxlis tashrif buyurdi va ushbu natija Rossiya chempionatining joriy mavsumdagi eng yirigi bo'lib turibdi. Ishqiboz to'plash bo'yicha ikkinchi o'rinni egallab turgan bahs ham "Zenit" stadionida bo'lgan. 3 avgust kuni Piter klubi "Krasnodar"ni qabul qilgan edi. O'sha o'yin arenada 54 ming muxlis to'play olgan.
| Joriy mavsum stadionda eng ko'p muxlis to'plagan bahslar (RPL) | |||
|---|---|---|---|
| O'yin | Sana | Shahar | Muxlislar soni |
| Zenit - Rostov | 19.10.19 | Sankt-Peterburg | 58 639 |
| Zenit - Krasnodar | 03.08.19 | Sankt-Peterburg | 54 078 |
| Zenit - Axmat | 17.08.19 | Sankt-Peterburg | 48 468 |
| Zenit - Tambov | 14.07.19 | Sankt-Peterburg | 46 231 |
| Spartak - SSKA | 19.08.19 | Moskva | 44 434 |
| Zenit - Rubin | 21.09.19 | Sankt-Peterburg | 43 598 |
| Spartak - Zenit | 01.09.19 | Moskva | 43 382 |
| Zenit - Arsenal | 13.09.19 | Sankt-Peterburg | 42 431 |
| Rostov - Spartak | 20.07.19 | Rostov | 35 865 |
| Sochi - Zenit | 21.07.19 | Sochi | 35 102 |



