"Zenit" "Portu" murabbiyi Konseysauga qiziqmoqda

Alisher
14 may 2021
"Portu" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.

46 yoshli mutaxassisga "Zenit" qiziqish bildirmoqda. Shuningdek "Milan" va "Marsel" klublari ham murabbiyga befarq emas.

Qayd etish kerakki, chet el klublari Portugaliya klubi ustozi bilan bir necha bor aloqa qilishgan.

Konseysau 2017 yildan beri "Portu"da ishlaydi. Klub uning qo'l ostida 2 bor Portugaliya chempioni bo'ldi va joriy mavsum Chempionlar Ligasi 1/4 finaliga chiqdi.


AlisherMuallif
Manba: Record