Zaynutdinov Shomurodov bilan munosabati haqida gapirdi

Оқил Абдубарноев
4 noya 2022, 19:25
SSKA futbolchisi Baktiyor Zaynutdinov "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov bilan munosabatlari haqida gapirdi.

"Shomurodov bilan aloqadaman, doimo suhbatlashib turamiz. Undan mashg'ulotlar qanday o'tishini, Italiyada futbol saviyasi qanday ekanligini so'rayman. U meni Rimga taklif qildimi? Agar sayyoh sifatida tashrif buyurish bo'lsa, ha", – dedi "armiyachilar" o'yinchisi

Shomurodovning so'zlariga ko'ra, Italiyada yuqori yuklamalar bilan o'ta intensiv mashg'ulotlar olib boriladi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Zaynutdinovning Italiya A seriyasiga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgadi. Futbolchiga "Atalanta" qiziqish bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: pfc-cska.com