

Dastlabki o'yinda tomonlar 1:1 hisobidagi durangni qayd etishgandi. Myunxenda esa "Bavariya" raqiblarini ayab o'tirgani yo'q. Yakuniy hisob 7:1.
"Futbolchilarim uchun juda og'ir kecha. Biroq bizdan boshqa klublar ham bu yerda bundanda qattiqroq qiyinchiliklarga duch kelishgan. Bunday raqiblarga qarshi doimo eng yaxshi o'yinni namoyish qilish kerak. Ammo bizda buning iloji bo'lmadi.
Ha, hozir bizga oson emas. Ammo eng asosiysi - turnirdan yaxshi jihatlarni ola bildik. Biz YCHL 1/8 finaliga chiqqan eng yosh jamoa bo'ldik", - dedi Yayssle.



