Zakariya APL klublaridan biriga o'tishi mumkin

Alisher
9 dek 2020
"Borussiya" (Myonxengladbax) yarim himoyachisi Denis Zakariya klubdan kyetishi mumkin.

23 yoshli shveytsariyalik futbolchi "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Klublar o'yinchi uchun 30-35 million evro miqdorida mablag' to'lashga tayyorlar. "Bavariya" ham shveytsariyalik xavbek uchun kurashda ishtirok etmoqda.

Zakariya joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Star