Zabitcer 17,5 million evro evaziga "Leyptsig"dan ketishi mumkin

Alisher
10 iyun 2021, 16:04
"Leyptsig" yarim himoyachisi Marsel Zabitcer yozgi transfer oynasida jamoadan ketishga yaqin.

27 yoshli avstriyalik futbolchi uchun "Tottenxem" da'vogarlik qilmoqda. Xabarlarga ko'ra, futbolchi "shporlar"ga 17,5 million evroga tushishi mumkin.

Nemis klubi o'yinchining shartnomasi kelasi yozda yakunlanishini hisobga olib, uni past narxga qo'yib yuborishga tayyor. Xavbek bitimni uzaytirmoqchi emas va o'z kuchini boshqa chempionatda sinab ko'rmoqchi.

Zabitcer 2020/21 mavsum "Leyptsig" safida 39ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic