“Yuventus” Xabi Alonsoni erkin transfer paytida olmoqchi

30 avg 2013, 09:50
“Real” klubi yarim himoyachisi Xabi Alonso haligacha “Yuventus” klubi qiziqish doirasida turibdi.

Jarohati tufayli yana 3 oyga safdan chiqqan va shu bois shartnomani uzaytirish bo'yicha muammoga duch kelayotgan 31-yoshli ispaniyalik futbolchini Turin klubi sinchiklab kuzatib kelmoqda.

Alonsoning “Real” bilan tuzgan shartnomasi keyingi yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Agar futbolchi klub bilan shartnomani uzaytira olmasa, unda “Yuventus” yarim himoyachini bepul o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Turinliklar Alonsoga, bir yildan so'ng erkin agentga aylanadigan Andrea Pirloga o'rindosh sifatida qarashmoqda, deb xabar beradi Tuttosport.


Manba: sports.ru