“Yuventus” va “Milan”ning sobiq hujumchisi 35 yoshida faoliyatini yakunladi

Eldor Akmurzayev
6 may 2020, 21:25
Italiyalik hujumchi Alessandro Matri butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

Matri “Milan”, “Yuventus”, “Lacio”, “Fiorentina” kabi bir qator Italiya jamoalar tarkibida o'ynadi. Shu vaqt oralig'ida, u 4 karra skudetto sohibiga aylandi va Italiya Kubogi hamda Superkubogida zafar qozondi. Shuningdek, 2002/03 yilgi mavsum “rossonerilar” bilan YCHLda g'olib chiqdi.

U joriy mavsum “Breshiya” safida 8ta bahs o'tkazdi. Forvard butun faoliyati davomida 345ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 92 bor ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com/