"Yuventus" va "Liverpul" Asensioni kuzatmoqda

Alisher
22 sen 2021, 16:38
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio jamoadan ketishga yaqin.

O'yinchiga "Yuventus" va "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.

Asensio o'zining "Real"dagi holatidan norozi va ko'proq o'yin amaliyoti oladigan joyga o'tmoqchi. Vaziyatni o'yinchiga shartnoma berishga tayyor bo'lgan "Yuventus" va "Liverpul" kuzatib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Asensio "Real"ga 2015 yilda "Malorka"dan deyarli 4 million evro evaziga o'tgandi. U joriy mavsum La Liga doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, atigi 68 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes