"Yuventus" Tolissoni xarid qilmoqchi

Alisher
15 iyun 2021, 15:36
"Yuventus" "Bavariya" yarim himoyachisi Korenten Tolissoga qiziqmoqda.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, klub anchadan beri fransiyalik futbolchini xarid qilmoqchi.

O'tgan yili ikki tomon vakillari 26 yoshli xavbekning transferini muhokama qilishgan edi.

Futbolchi o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. O'yinchining "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio