"Yuventus" Sneyderning o'rniga Mxitaryanni sotib olishi mumkin
Aslanov Jasurbek
10 yanv 2015, 17:43
"Yuventus" Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanni xarid qilishi mumkin.
Turinliklar hujumkor yarim himoyachi qidirishda davom etyapti. Oldinroq "Yuventus" Sneyderga qiziqish bildirgandi, ammo istambulliklar o'z yetakchilaridan ayrilishni istamadi. Mxitaryan bu mavsumda bundesligada 12ta uchrashuvda maydonga tushgan.