"Yuventus" Senesini sotib olmoqchi. Futbolchiga "Barselona" va "Atletiko" ham da'vogar

Administrator
28 yanv 2026, 00:58
Markos Senesini o'z safiga qo'shib olishni ko'zlamoqda.

"Yuventus" "Bornmut" himoyachisi Markos Senesiga taklif yo'lladi.

Tuttosport xabar qilishicha, turinliklar argentinalik futbolchini erkin agent sifatida jamoasiga qo'shib olmoqchi. Ular 28 yoshli futbolchiga 4 mavsumlik shartnoma va yiliga 3 million evro maosh taklif etishdi.

Senesi "Barselona" va "Atletiko" e'tiborini ham tortgani bois, turinliklar Markos bilan imkon qadar tezroq kelishuvga erishishga urinmoqda.

Bundan tashqari, "Yuventus" Maksimo Perroneni ham kuzatuvga olgan. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Tuttosport