"Yuventus" "Real" o'yinchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
18 fev 2020, 12:10
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"Yuventus" 28 yoshli futbolchi bilan yozda shartnoma imzolamoqchi. Xamesning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyunida yakunlanadi va Madrid klubi uni bir yildan so'ng tekinga ketishini xohlamay hoziroq sotishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Xames Rodriges joriy mavsum La Ligada doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes.com