"Yuventus" "Real" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
13 sen 2021, 13:47
Himoyachi Ferlan Mendi Madridning "Real" klubidan ketishi va faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

26 yoshli fransiyalik futbolchining xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Keksa sinora" Mendini Aleks Sandroga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Qaymoqranglilar" Ferlanni sotishi mumkin, sabab jamoa ustozi Karlo Anchelotti ko'proq Migel Guterresga ishonch bildirmoqda.

Mendi 2019 yilning yozida "qirollik klubi" o'yinchisiga aylangan edi. Francuzning "Real" bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal