"Yuventus" Pogbaning transferi borasida muzokaralarga kirishdi

Alisher
17 dek 2020, 15:33
Turinning "Yuventus" klubi MYU yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferi borasida muzokaralarga kirishdi.

Italiya klubi grandi fransiyalik futbolchining agenti bilan bog'landi. 27 yoshli futbolchining agenti Mino Rayola hisoblanadi.

Pogba "Yuventus"ga qaytishni xohlamoqda. O'yinchining "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Xavbek joriy mavsum jamoasi tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports