"Yuventus" Pirloni iste'foga chiqarishi va "Sassuolo"ga qarshi o'yin oldidan Tudorni tayinlashi mumkin

Alisher
10 may 2021, 14:56
Andrea Pirlo A Seriya doirasidagi "Milan" (0:3)ga qarshi o'yindan so'ng iste'foga chiqarilishi mumkin.

Turin klubi Italiya chempionatida mavsum so'nggiga 3 tur qolganda beshinchi o'rinni egallab turibdi va 10 yil ichida ilk bor Chempionlar Ligasiga chiqa olmasligi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, Pirloning kelajagi hal qilingan - u har qanday holatda iste'foga chiqariladi.

Ammo iste'fo mavsum so'nggiga qadar amalga oshirilishi mumkin - Pirloning assistenti bo'lmish Igor Tudor jamoani "Sassuolo" (12 may)ga qarshi o'yin oldidan qabul qilib olishi mumkin.

Oldin "Yuve"da o'ynagan 43 yoshli xorvat bosh murabbiylik lavozimini hoziroq egallashga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia