"Yuventus" Moratani ijaraga olishni istamoqda

Mirjalol Normatov
29 apr 2018, 17:44
"Yuventus" Chelsi" hujumchisi Alvaro Moratani ijaraga olmoqchi.

Bu haqda "Tuttosport" xabar bermoqda. Italiya jamoasi futbolchi 35 mln evro evaziga transfer qilish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Forvard 2014-2016 yillarda "Yuve" sharafini himoya qilgan. Bu mavsumda u "Chelsi" tarkibida 55 uchrashuvda qatnashib, 15 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport