"Yuventus" Milikni ijaraga olmoqchi. Polyak joriy mavsum Liga 1'da 10ta o'yinda 1ta gol urdi

Alisher
27 dek 2021, 17:38
"Yuventus" yanvardagi transfer oynasida yangi hujumchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Turin klubi bir necha variantlarni ko'rib chiqmoqda va yaqinda "Marsel" forvardi Arkadiush Milikning variantiga qaytdi.

Klub rahbariyati 2020 yilning yozida ham u "Napoli"da harakat qilgan payt shartnoma imzolashga urinib ko'rgan edi.

O'shanda Milik Neapolda qolgan, ammo yanvarda "Marsel"ga ijaraga berilgandi. Hujumchi joriy mavsum Liga 1 doirasaida 10ta o'yinda 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sportmediaset.mediaset.it