"Yuventus" Marsyalga qiziqmoqda. MYU futbolchini faqatgina uning butun maoshini o'z zimmasiga oladigan klubga ijaraga beradi

Alisher
18 yanv 2022, 17:16
"Yuventus" yanvardagi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Turinliklar "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyalga qiziqishmoqda va uning agenti bilan muzokaralar olib borishmoqda.

MYU 26 yoshli forvardni ijaraga qo'yib yuborishga tayyor, ammo futbolchining butun maoshini o'z zimmasiga oladigan klubga.

"Keksa sinora" ushbu haftada francuzni taklif qilish borasida qaror qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia