"Yuventus" Makkennini sotishga tayyor

Mirjalol Normatov
8 okt 2021, 18:12
"Yuventus" yarim himoyachisi Ueston Makkenni "Tottenxem" va "Vest Xem" qiziqishlari doirasida.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, "byankoneri" o'z futbolchisini 30 million evroga baholagan.

Makkenni 2020 yildan buyon "Yuventus" tarkibida harakat qilmoqda. "Keksa sinora" amerikalikni sotib olish uchun "Shalke"ga 25 million evro to'lagan.

Ushbu mavsumda 23 yoshli xavbek 7 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato