"Yuventus" "Lacio" yetakchilaridan birini nishonga oldi

Alisher
8 yanv 2022, 18:01
Turinning "Yuventus" klubi "Lacio" bilan serbiyalik yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichning transferi borasida kelishuvga erishmoqchi.

"Keksa sinora" o'rta chiziqni jiddiy tarzda yangilashni rejalashtirmoqda. "Lacio" xavbeki "byankoneri"ning yozdagi maqsadlaridan biri.

26 yoshli serbning transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda. Uning "burgutlar" bilan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Milinkovich-Savich joriy mavsum A Seriya doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes