"Yuventus" Kuadradoni "Milan" futbolchisiga almashtirib yubormoqchi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2017, 09:16
Yuventus va Milan Xuan Kuadrado bilan Mattia De Shiloni almashtirmoqchilar.


Milanliklar bosh murabbiyi Vinchenco Montella o'zi bir vaqtlar "Fiorentina"da birga ishlagan Kuadradoni jamoasi safida ko'rmoqchi. De Shilo esa "Milan"dagi ilk qadamlarini aynan "Yuve"ning hozirgi murabbiyi Allegri qo'l ostida qo'ygan.

Kuadradoning narxi 25 million evro, De Shiloning narxi esa 15-20 million evroga baxolanmoqda. Ushbu transferlar amalga oshishi uchun "Milan" yana ozgina pul to'lab berishi lozim bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia