Yuventus Yovetich bilan kelishib oldi, navbat Oskarga keldi

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2015, 19:31
Yuventus tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.
Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, turinliklar Manchester Siti bilan hujumchi Stevan Yovetich borasida kelishuvga erishishdi.

Chernogoriyalik futbolchiga 5 yillik shartnoma va yiliga 3,5 million evrolik maosh taklif qilindi. Yovetich Karlos Teves Turinni tark etsa 10-raqamga ega bo'ladi.

Tuttosport nashri xabariga ko'ra, Yuventusning asosiy transfer nishoni sifatida Chelsidagi Oskar aytilmoqda. Shu bois Turin klubi London klubining javobini kutishmoqda.

Chelsi Oskarni 35 million evroga baholamoqda, Yovetich esa Yuvega 20 millionga o'tishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru