

“Byankoneri” jamoaning hozirgi chap qanot himoyachisi Aleks Sandro bilan ushbu mavsum oxirida shartnomasi yakunlanishi sababli uning o'rniga Albani o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Italyan klubi “ko'k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi Ernandes qo'l ostida bir qator chap qanot himoyachilari mavjud bo'lgani tufayli ushbu kelishuvning amalga oshishiga optimistik munosabat bildirmoqda. 33 yoshli futbolchi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 8 ta o'yinda maydonga tushirildi.
Ispaniya terma jamoasi vakili Kataloniya klubi bilan 2024 yilgacha amalda bo'ladigan shartnomaga ega. Uning ayni paytdagi transfer bahosi 5 mln evroni tashkil etadi.



