"Yuventus" Iguaindan qutulmoqchi

Alisher
25 iyun 2019, 15:05
"Yuventus" bosh murabbiyligiga Mauricio Sarri tayinlangani klubning argentinalik futbolchini sotish xohishiga ta’sir qilmadi.

Bir necha mavsum oldin A Seriyadagi himoyachilarni hushyorlikda ushlab turgan forvardga bugungi kunda hech qanday takliflar yo'q.

Gonsalo Xitoy klublaridan biri bilan shartnoma imzolashi mumkin, ammo manbaning xabar berishicha, 31 yoshli hujumchi faoliyatining bu qismida Xitoyga ketmoqchi emas.

Iguain 2018/19 yilgi mavsum "Milan" va "Chelsi" safida 40ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishgan. U bu klublarda ijara asosida harakat qildi.

Gonsaloning "Yuventus" bilan tuzilgan shartnomasi 2021 yil yozigacha amal qiladi. Bitimga ko'ra argentinalik futbolchining maoshi bir mavsum uchun 7,5 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal