"Yuventus" Iguain bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

Mirjalol Normatov
26 apr 2020, 12:26
O'z vaqtida rahbariyat bilan gaplashmagan Gonsalo Iguain bilan "Yuventus" shartnomani bekor qilishi mumkin.

Argentinalik futbolchi karantin vaqtida kasal bo'lgan onasi Nensining yonida bo'lish uchun vataniga uchib ketgandi. Turinliklar rahbariyati birin-ketin chet davlatlaridagi futbolchilarini klub bazasiga chaqirib olmoqda. Biroq Iguain hozircha uyda qolishga qaror qilgan va bu borada klubga hech qanday ma'lumotlar bermayapti. Bu esa "keksa sinora"ning jahlini chiqarmoqda.

Oqibatda tomonlar o'rtada imzolangan shartnomani bekor qilishi mumkin. Oldinroq futbolchi ham shunga roziligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia