"Yuventus" futbolchisi Parijga emas, Dortmundga yo'l oladi

3 yanv 2020, 23:49
Germaniyalik yarim himoyachi "Borussiya" tarkibiga qo'shilishga yaqin turibdi.

"Calciomercato" nashri xabariga ko'ra, Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Emre Jan yanvarda klubni tark etishi oydinlashgan. 25 yoshli germaniyalik futbolchi o'yin amaliyoti kamligi tufayli "keksa sinora" lagerida ortiq qolmoqchi emas. Dortmundning "Borussiya"si futbolchini sotib olishga tayyor. Aytishlaricha, tomonlar allaqachon shartnoma shartlarini o'zaro kelishib olishgan. Janning transferi 25 million evroga baxolanmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq yarim himoyachi faoliyatini PSJ da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato