"Yuventus" Depayni xarid qilish majburiyati bilan "Barselona"dan ijaraga olmoqchi

Alisher
5 avg 2022, 15:44
"Yuventus" "Barselona" hujumchisi Memfis Depay bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.

Turin klubi niderlandiyalikni hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy maqsadlardan biriga aylantirdi.

"Yuventus" futbolchini xarid qilish majburiyati bilan ijaraga olmoqchi edi, o'yinchining o'zi esa "Barsa" bilan shartnomasini bekor qilgan holda, keyinchalik "Yuve"ga o'tib, katta bonus puli olmoqchi.

Depay o'tgan mavsum "Barselona" safida 37ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport24.ru