“Yuventus” “Chelsi” bilan kelishuvga erishdi

Alisher
17 iyul 2023
Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku faoliyatini yana Italiyada davom ettirishi mumkin.

 Futbolchi kelasi mavsumda “Yuventus”da harakat qilishi mumkin. “Yuventus” futbolchini “Chelsi”dan 40 million evroga sotib olishga tayyorligini ma'lum qiladi. Futbolchining o'zi esa klub bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi - 8 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, Lukaku o'tgan mavsumni “Inter”da ijarada o'tkazgandi. U milanliklar safida barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com