"Yuventus" Bonuchchi va Dibalaga maoshi ko'tarilgan yangi shartnoma taklif qilmoqda

Aslanov Jasurbek
16 okt 2016, 13:45
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marotta klub jamoa futbolchilari Leonardo Bonuchchi va Paulo Dibalalar bilan yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazayotgani haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

"Ular bilan muzokaralar davom etmoqda, yangi bitimlarda maoshlar ko'tarilgan. Biz amaldagi kelishuvlarni yaxshilash va kiyinish xonasidagi muvozanatni ushlash ustida ishlayapmiz.

Biz boshqalardan ko'p pul ishlab topadigan yulduzlarsiz ahil jamoa yaratmoqchimiz" - deydi Marotta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset Premium