"Yuventus" APLning eng yaxshi futbolchilaridan birini transfer qilmoqchi

Mirjalol Normatov
11 apr 2020, 22:59
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante uchun yana bir da'vogar paydo bo'ldi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, London klubi Ngoloni yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasi vaqtida sotib yuborishni rejalashtirmoqda. "Yuventus" ham o'z navbatida APLning eng yaxshi futbolchilaridan birini xarid qilishga tayyor turibdi. Ngologa ayni paytda "Real" va PSJ kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda.

29 yoshli xavbekning transfer narxi 80 mln evroga baholanmoqda. "Yuventus" esa uni o'z tarkibiga qo'shib olish uchun Miralem Pyanichdan voz kechishga tayyor turibdi.

Ushbu mavsumda Kante barcha turnirlarda 22 o'yinda qatnashdi va 3 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail