

"Tuttosport" xabariga ko'ra, turinliklar asosiy navbatda e'tiborni "Fiorentina" straykeri Dushan Vlaxovichga qaratadi. Shuningdek, short-listdan Mauro Ikardi (PSJ), Arkadiush Milik (Napoli), Gabriel Jezus ("Manchester Siti") va Andrea Belotti ("Torino") kabi forvardlar ham o'rin olgan.
Qayd etilishicha, bugun Turin klubi Vlaxovich bilan muzokaralar olib borgan. Ammo bu borada batafsil ma'lumotlar berilmagan.



