Yuriy Sarkisyan "Neftchi"ni chempionlik bilan tabrikladi

Khoja
23 noya 2025
"Neftchi" jamoasining afsonaviy murabbiyi Yuriy Sarkisyan farg'onaliklarni O'zbekiston chempioni bo'lgani bilan tabrikladi.

"Kecha aytganimdek men "Neftchi"ni chempionlikni qo'lg kiritishlari uchun muxlislik qilaman degandim. Farg'ona jamoasini chempionlik bilan chn qalbimdan tabriklayman. Jamoaga doim shunday ajoyib g'alabalar yor bo'lishini tilab qolaman", - deb fikr bildirdi murabbiy.

Yuriy Sarkisyan 1987-2013 yillarda Farg'ona jamoasini boshqargan. Uning qo'l ostida "Neftchi" 5 karra O'zbekiston chempioni va 2 marta O'zbekiston kubogida g'alaba qozongan.


KhojaMuallif
Manba: @pfcneftchi_uz